Kitob haqida

Kitob nomi: “Assembler tili va
kompyuterdagi jarayonlar”
Muallif: Fazliddin Jo’rayev
Tili: O’zbek
Betlar soni: 272
Bosilish o’lchami: A4
Muqovasi: qattiq
Nashriyot: “Fan va texnologiya”
ISBN: 978–9943–10–697–0

Narxi: 25 000 so’m

tel.: +998-90-905-2003

Email: fazliddin.uzbek@yahoo.com

Mazkur o’quv qo’llanma Assembler dasturlash tilining mazmun va mohiyatini atroflicha bayon etishga qaratilgan. Undagi mavzularda Assemblerning eng oddiy tushunchalaridan tortib nozik tomonlari va jarayonlarigacha qamrab olingan. Shuningdek, kitobda kompyuterdagi jarayon va operatsion tizimning Assembler tiliga taalluqli jihatlari ham yoritilgan.

O’quv qo’llanma axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis bo’lib chiqadigan oliy o’quv yurti talabalari, magistrantlari, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda kompyuter va dasturlash sohasini mustaqil o’rganuvchilarga mo’ljallangan.

O’quv qo’llanmadan kompyuter muhandislari, dasturchilari, dasturchi-muhandislar, axborot xavfsizligi xodimlari, antivirus ishlab chiqaruvchilar va kompyuterda ishlash bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Muallif haqida

Jo’rayev Fazliddin Shahriyevich 1987 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan. Maktabni tamomlagandan so’ng, Toshkentdagi S. H. Sirojiddinov nomidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2010 yilda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining «Amaliy matematika va informatika» fakultetini tugatgandan so’ng O’zbekiston Metallurgiya kombinatida dasturchi muhandis vazifasida ishlagan. Hozirda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi» da ilmiy xodim.

Ushbu o’quv qo’llanma muallifning bir necha yil davomida olib borgan ishlarining natijalari bayon etilgan ilk kitobidir.

Save

Published in: ||on March 20th, 2012 |No Comments »